Поиск филмов
Опросы
Dizayn Sizga Yoqdimi ?

Статистика
HOZIR SAYTDA: 1
MEHMONLAR: 1
FOYDALANUVCHILAR: 0
Нас посетили
Клипы
Cериалы
Главная » Доска объявлений » Dunyo / Дунё

Rossiya Yanukovichning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash haqidagi iltimosini qondirdi

28.02.2014, 15:26

Rossiya hududida Yanukovichning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash borasidagi iltimosi qondirilgan. Bu to‘g‘rida Rossiya Federatsiyasi hukumatidagi manba bergan ma’lumotga asoslanib "RIA Novosti” agentligi xabar qilmoqda.


Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 27-fevral kuni o‘z xalqiga qilgan murojaatida Rossiya hukumatidan o‘zining xavfsizligini ta’minlashni ham so‘ragan. Xabarda aytilishicha, rasmiy Moskva bu iltimosni yerda qoldirmagan.

Ma’lum qilinishicha, Yanukovich hamon o‘zini Ukrainaning qonuniy rahbari, deb hisoblamoqda. U o‘z murojaatida, jumladan, shunday degan:

"Mamlakatimizning ko‘pgina shaharlari ko‘chalarida ekstremizm avj olgan. Menga va safdoshlarimga nisbatan jismoniy kuch ishlatish haqida tahdidlar yangramoqda. Rossiya Federatsiyasi hukumatidan ekstremistlar harakatlaridan mening shaxsiy xavfsizligimni ta’minlashini so‘rashga majburman. Afsuski, hozirda Ukraina Oliy Radasida kechayotgan voqealarning birortasi qonuniy xarakterga ega emas."

Men avvalgidek o‘zimni fuqarolarning o‘z irodasini erkin tarzda ifodalashlari asosida saylangan Ukraina davlati qonuniy rahbari, deb hisoblayman.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina xalqi o‘tgan yiliyoq hukumat iste’fosini talab qilib chiqishgan. Noroziliklar tobora avj olavergach, Yanukovich muxolifatga yon bosib, navbatdan tashqari prezident saylovini e’lon qilgan.

Voqealar o‘ta jiddiy tus olgach, Yanukovich o‘z qarorgohini tark etgan, parlament spikeri Aleksandr Turchinov vaqtinchalik prezident vazifasini bajarishni boshlagan. Shuningdek, yaqinda ozodlikka chiqqan Yuliya Timoshenko Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘yishini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Amerika Qo‘shma Shtatlari Yanukovichni prezident sifatida tan olmayotganligi, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Syuzan Rays Ukrainadagi voqealarga Rossiya aralashuvi "jiddiy xato” bo‘lishini aytgan.

 (Manba : daryo)

Добавил: _ZeVs_ | | Теги: qondirdi, iltimosini, xavfsizligini, ta’minlash, haqidagi, Yanukovichning, rossiya, shaxsiy
Просмотров: 717 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Шаблоны для ucoz

С ucozshablony.ru можно скачать шаблоны для UCOZ с рабочим конструктором.
В том случае, если вам необходимо скачать шаблоны UCOZ бесплатно , то на truetemplates.ru вы найдете большой выбор дизайнов для юкоз под любую тематику.
Если подходящий дизайн для укоза не нашелся, то на promowebber.ru вы легко найдете рабочие шаблоны для UCOZ и быстро скачаете их без регистрации.
Если функционал UCOZ вам не подходит, то скачивайте бесплатные шаблоны joomla 2.5 и делайте сайты любой сложности.
Поклонникам ДЛЕ рекомендую - шаблоны ДЛЕ с сайта shablonidle.ru.
Но если вы блогггер или неопытный вебмастер, то можно скачать шаблоны wordpress бесплатно ,которые являются рабочими на 100 процентов.