Поиск филмов
Опросы
Sayt Sizga Yoqdimi?

Статистика
HOZIR SAYTDA: 1
MEHMONLAR: 1
FOYDALANUVCHILAR: 0
Нас посетили
Клипы
Cериалы
Главная » Доска объявлений » Texnologiya / Технология

O‘ta katta maosh olgani uchun Pavel Durov sudga berilishi mumkin

06.03.2014, 14:04

Ichki tekshiruvlarning ko‘rsatishicha, "VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov aviaparvozlar uchun ikki million yevro sarflagan va o‘ziga 5,7 million rubl (158 000 AQSh dollari) miqdorida oylik maosh belgilagan. Bu haqda "Izvestiya” gazetasi xabar bermoqda.



Mazkur tekshiruv "VKontakte”ning aksiyadorlari tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilgan, ammo aynan kimlar tashabbuskor ekanligini "Izvestiya” ma’lum qilmagan. Avvalroq UCP ham, USM ham shunday tekshiruv o‘tkazmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabarlar chiqqan, biroq bu borada rasmiy ma’lumot yo‘q.

Tekshiruvlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning asoschisi va bosh direktori Pavel Durov aksiyadorlar bilan kelishmasdan turib o‘z maoshini bir necha marta oshirgan. Bundan tashqari, u kompaniyaning 2012–2013-yillardagi daromadlaridan katta qismini o‘z ehtiyojlari uchun sarflagan.

Tekshiruvchilarning fikriga ko‘ra, asoslanmagan barcha xarajatlar 273 million rublni tashkil etmoqda. Ekspertlarning ta’kidlashicha, agar Pavel Durov o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganligi tasdiqlansa, bu unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun asos bo‘la oladi. Biroq bu tekshiruv shunchaki aksiyadorlar kompaniya uchun olib borayotgan kurashning bir qismi bo‘lishi ham mumkin.

Dastlab – 2007-yil 22-yanvardan 2-iyulga qadar Pavel Durovning "VKontakte”dagi oylik maoshi 26,4 ming rubl bo‘lgan, keyin uni 115 ming rublgacha oshirishgan. 2008-yili uning oylik maoshi 345 ming, 2010-yil yanvarida esa 552 ming rublga yetgan. 2010-yilning may oyidan Durov oyiga 1,1 million rubldan ola boshlagan, 2011-yili esa oyiga 2,3 million maosh olgan. Bu ko‘rsatkich 2012-yili 3,5 million, 2013-yil martida esa 5,76 million rublga yetgan.

Ayni shu davrda kompaniyaning sof daromadida pasayish yuz bergan, Mail.ru Group moliyaviy hisobotida esa mablag‘lar "jamoa va infratuzilma uchun investitsiyalarga sarflangan”ligi qayd etilgan. Bu xarajatlar uchun aksiyadorlar roziligi olinmagan; holbuki, "VKontakte” MChJ nizomiga ko‘ra, direktorning maoshi oshirilishida va 100 ming dollardan ortiq xarajat qilinishida aksiyadorlar roziligini olish lozimligi belgilangan.

Bundan tashqari, Durov charter parvozlar uchun millionlab pullarni sarflagan. Oslo, London, Venetsiya, Nyu-York, San-Fransisko, Myunxen kabi shaharlarga parvozlardan tashqari, mehmonxona va ko‘ngilochar joylar uchun ham ikki million yevro sarf etgan.

"Izvestiya”da e’lon qilingan ushbu ma’lumotlarga javoban "VKontakte”ning matbuot kotibi Georgiy Lobushkin shunday degan: "‘Izvestiya’ nashri yana yolg‘on xabar manbasiga aylanib qolmoqda. Hech qanday ‘tekshiruvlarning oraliq natijalari’ yo‘q, keltirilgan tafsilotlar esa shunchaki haqqatga muvofiq kelmaydi”.

 (Manba : daryo)

Добавил: _ZeVs_ | | Теги: Katta, Sudga, Pavel, Durov, maosh, berilishi, mumkin, Uchun, olgani, O‘ta
Просмотров: 2881 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Шаблоны для ucoz

С ucozshablony.ru можно скачать шаблоны для UCOZ с рабочим конструктором.
В том случае, если вам необходимо скачать шаблоны UCOZ бесплатно , то на truetemplates.ru вы найдете большой выбор дизайнов для юкоз под любую тематику.
Если подходящий дизайн для укоза не нашелся, то на promowebber.ru вы легко найдете рабочие шаблоны для UCOZ и быстро скачаете их без регистрации.
Если функционал UCOZ вам не подходит, то скачивайте бесплатные шаблоны joomla 2.5 и делайте сайты любой сложности.
Поклонникам ДЛЕ рекомендую - шаблоны ДЛЕ с сайта shablonidle.ru.
Но если вы блогггер или неопытный вебмастер, то можно скачать шаблоны wordpress бесплатно ,которые являются рабочими на 100 процентов.