Nilufar Usmonova Turkvision 2013 finaliga chiqdi. Video

_ZeVs_ | 0 комментариев | 1359 просмотов
Nilufar Usmonova Turkvision 2013 finaliga chiqdi. Video
Nilufar Usmonova Turkvision 2013 finaliga chiqdi. Video

Turkiyaning Eskishehir shahrida Turkvision-2013 Xalqaro qo‘shiq tanlovi bo‘lib o‘tishi, unda Nilufar Usmonova O‘zbekiston sharafini himoya qilishi haqida avval xabar bergan edik. Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz tanlovning final bosqichiga yo‘llanma oldi. Bu haqda "Gazeta” nashri xabar berdi.Turkvision 2013 finaliga Qozog‘iston, Turkiya, Belorussiya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersegovina, Tatariston, Shimoliy Kipr, Qirg‘iziston, Oltoy, Ukraina va Kosova vakillari ham chiqishga muvaffaq bo‘ldi.






Final 21-dekabr kuni o‘tkaziladi.Tanlovda qo‘shiqlar har bir mamlakatning davlat tilida ijro etiladi. Bundan tashqari, yosh bo‘yicha chegara ham bo‘lib, ishtirokchi 18 yoshdan oshgan bo‘lishi kerak.Eslatib o‘tamiz, Nilufar Usmonova Turkvision’da "Unutgin” deb nomlangan yangi taronasi bilan qatnashmoqda.
Информация!
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]