Rayhon bu yil konsert beradimi?

_ZeVs_ | 0 комментариев | 1683 просмотра
Rayhon bu yil konsert beradimi?
Estradamiz maftunkor xonandasi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayhon har yili o'zining an'anaga aylanib qolgan konsert dasturini muxlislariga taqdim etib kelar edi. Lekin bu yil esa Rayhon yakkaxon konsert o'tkazish rejasi haqida umuman o'ylayotgani yo'q.

O'tgan yilgi konsert oldidan saytimizga berilgan maxsus intervyusida Rayhon boshqa konsert bermasligi haqida aytib o'tgan edi. Aynan ushbu so'zlarga asoslanib bu yil yakkaxon konsert dasturi tashkillashtirilmasligi aniq. Zero hozirda Rayhon ona bo'lishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bundan tashqari ijodni ham kanda qilmasdan yangi tarona taqdim etish rejasi ham mavjud. Hozirda "So'naman" nomli kompozitsiya uchun maxsus klip suratga olish ishlari olib borilmoqda. Darvoqe, Rayhon ushbu klipi orqali o'ziga hos yangilik qilishni aytib o'tdi. Klip bahor faslining ilk kunlarida TV ekranlari hamda internet tarmog'i orqali taqdim etilishi rejalashtirilgan.


Информация!
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]